Live
1
O'zbek

«Aston Villa» himoyachisi «Arsenal»ga o‘tishni istaydi

Futbol
2 avgust, 04:44
Angliya milliy jamoasi markaziy himoyachisi Ezri Konsa faoliyatini londonliklar safida davom ettirmoqchi.
«Aston Villa» himoyachisi «Arsenal»ga o‘tishni istaydi
Foto: Getty Images

Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

«Arsenal» va «Liverpul» klublari «Aston Villa» himoyachisi Ezri Konsani o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli angliyalik futbolchining o‘zi faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishni istaydi. Shu bilan birga, «Villa» talab qilayotgan taxminan 70 million yevro narx londonliklarga to‘g‘ri kelmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Konsa 2019-yilning iyulidan buyon «Aston Villa» safida to‘p tepmoqda, uning amaldagi shartnomasi 2028-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, 2025/26-yilgi mavsumda futbolchi 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Angliya milliy jamoasi himoyachisining aktual transfer narxini 45 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Arsenal Arsenal
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar