Live
4
O'zbek

Buffon: "Pirlo bilan bog'liq vaziyat — noqulay va muvaffaqiyatsiz siyosiy urinish"

Futbol
2 avgust, 04:55
Italiya milliy jamoasi sobiq darvozaboni Andrea atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.
Buffon: "Pirlo bilan bog'liq vaziyat — noqulay va muvaffaqiyatsiz siyosiy urinish"
Foto: Getty Images

Italiya milliy jamoasi sobiq darvozaboni Janluiji Buffon Andrea Pirlo atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.

«Pirlo va Rossiya bukmeker kompaniyasi bilan bog'liq vaziyat — unga «munosib emas» degan tamg'a yopishtirishga qaratilgan noqulay va muvaffaqiyatsiz siyosiy urinish», — deya Buffonning so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Pirloning nomzodi Italiyada keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Bahslarga mutaxassisning Rossiya bukmekerlik kompaniyasi bilan tuzgan shartnomasi sabab ekani ma'lum qilingan edi.

Bir qator italiyalik deputatlar uning tayinlanishiga qarshi chiqib, mutaxassisning kompaniya bilan aloqalarini to'g'ri ish emas deb hisoblashdi. So'ngra Andrea mamlakat milliy jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod emasligini ma'lum qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar