«Tottenhem» «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimhenni transfer qilish uchun dastlabki taklif bilan chiqdi, biroq rad javobini oldi.
Insayder Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, London klubi nigeriyalik futbolchi uchun 50–55 million funt sterling (58–65 million yevro) taklif qilgan.
Biroq «Galatasaroy» bu summaga rozi emas. Turkiya grandi Osimhenni qo‘yib yuborish uchun kamida 65 million funt sterling (taxminan 76 million yevro) talab qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli hujumchiga «Manchester Yunayted», «Chelsi» va Madridning «Atletiko» klublari ham qiziqish bildirmoqda va vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Viktor Osimhen 2025 yil yozida «Napoli»dan «Galatasaroy»ga 75 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Bu Turkiya futboli tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchini 75 million yevroga baholaydi.