UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Janni Infantinoni FIFA prezidentligiga qayta saylashni qo‘llab-quvvatlovchi rasmiy xatlarni bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda.
talkSPORT xabariga ko‘ra, hozirgacha UEFAga a’zo 55 ta federatsiyaning 40 tasi Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlovchi xatlarni yuborgan. Biroq vaziyat o‘zgarganidan so‘ng bu hujjatlarni qaytarib olish ehtimoli ko‘rib chiqilmoqda.
Manbaga ko‘ra, KONKAKAF va Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a’zo federatsiyalarning bir qismi ham Infantinoni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishga tayyor.
Shuningdek, FIFAning bir qator yuqori lavozimli amaldorlari, jumladan bosh kotib Mattias Grafstryom ham Infantinoning iste’foga chiqishini ma’qullamoqda. Ularning fikricha, aks holda FIFA prezidentiga nisbatan ishonchsizlik votumi e’lon qilinishi mumkin.
Angliya futbol assotsiatsiyasining ayrim rahbarlari ham anonim tarzda Infantinoni 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan qo‘llab-quvvatlagan rasmiy xatni qaytarib olish masalasini muhokama qilayotganini bildirgan.
Ma’lumot uchun, FIFA prezidentligi uchun navbatdagi saylov 2027 yil 17 mart kuni bo‘lib o‘tadi.