Live
5
O'zbek

Dana Uayt Usmon Nurmagomedovni UFCga jalb qilish niyatida

MMA
2 avgust, 09:30
Habibning jiyani 1 avgust kuni PFL turnirida raqibini nokautga uchratib, chempionlik kamarini himoya qildi.
Dana Uayt Usmon Nurmagomedovni UFCga jalb qilish niyatida
Foto: Getty Images

UFC prezidenti Dana Uayt PFL chempioni Usmon Nurmagomedovni o'z promousheniga jalb qilish niyatida ekanini bildirdi.

Belgradda bo'lib o'tgan UFC turniridan keyingi matbuot anjumanida Uayt Usmonni shartnoma asosida UFCga olib kelishdan manfaatdor ekanini aytdi.

Qayd etish lozim, Nurmagomedov 1 avgust kuni PFL turnirida Archie Kolganni 1-raundda nokautga uchratib, engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini himoya qildi. Bu Usmonning professional faoliyatidagi 22-g'alabasi bo'ldi. U hali biror marta mag'lubiyatga uchramagan.

Shuningdek, bu uning PFL bilan shartnomasi doirasidagi so'nggi jangi edi. Ma'lumot o'rnida, Usmon Nurmagomedov Habib Nurmagomedovning jiyani hisoblanadi.

Bugungi yangiliklar