«Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzee faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The i Paper nashri xabar tarqatdi.
Ma'lum qilinishicha, niderlandiyalik 25 yoshli forvardga A Seriyaning ikki klubi — «Komo» va «Roma» jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining o'zi ham A Seriyaga qaytishga tayyor. U ingliz klubidagi faoliyatidan mamnun emas.
Ma'lumot uchun, Zirkzee 2024 yilning yozidan beri «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu vaqt davomida 75 ta uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.