«Yuventus» afsonaviy sobiq darvozaboni Janluiji Buffon Antonio Konte Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyligi uchun eng yaxshi variant ekanini aytdi.
«Asosiy maqsad — to‘rt yildan keyingi jahon chempionatiga yo‘l olish. Shundan kelib chiqib, men Konteni tanlagan bo‘lardim. Lekin qaror qabul qilishda jasorat ko‘rsatish va ularni hammaga, jumladan OAVga yetkaza bilish kerak. Birinchi o‘rinda loyiha aniq rejasi, ikkinchi o‘rinda esa ideal nomzod turishi kerak», — deydi Buffon.
Avvalroq Roberto Manchinining Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi mumkinligi xabar qilingandi.
Ma'lumot uchun, Manchini avval ham 2018 yildan 2023 yilgacha Italiyani boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa Yevropa chempioni va Millatlar ligasining ikki karra bronza medali sohibi bo‘lishgan.