Superliga 15-turida "Navbahor" Namanganda "Xorazm"ni qabul qilib, 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvda "lochlar" safida Husayn Norchayev pokerga erishdi. Yana bir gol esa Ruslanbek Jiyanov hisobiga yozildi.
Shu tariqa, Temur Kapadze jamoasi ochkolari sonini 25 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. "Xorazm" esa 16 ochko bilan 12-pog‘onada bormoqda.
Superliga. 15-tur
Navbahor – Xorazm 5:1
Gollar: Husayn Norchayev, 16 (1:0), Husayn Norchayev, 36 (2:0), Husayn Norchayev, 41 (3:0), Rustam Abduhamidov, 45+4 (3:1), Husayn Norchayev, 60 (4:1), Ruslanbek Jiyanov, 67 (5:1)
Navbahor – O‘tkir Yusupov, Saidzamat Mirsaidov, Islombek Mamatkazin, Ruslanbek Jiyanov (Shohruh Abdurahmonov, 85), Diyor Xolmatov, Husayn Norchayev (Joel Kojo, 82), Opeyemi Tedi Benjamin (Asadbek Rahimjonov, 82), Umar Adhamzoda, Vanya Ilich (Jasurbek Jaloliddinov, 72), Giyorgi Jgerenaiya, Muhammadali Usmonov (Muhammadali Ghiyosov, 72)
Xorazm – Nikola Stoshich, Abbosjon Otahanov (Sulton Ismoilov, 46), Elzio Loan Alvish Lusio (Temurbek Ismoilov, 80), Diyorbek Ortiqboev, Daniil Nugumanov, Sunnatulloh Hamidjonov, Matiya Rom, Abror Xusinov (Azizbek Pirmuhammadov, 46), Ulug‘bek Hoshimov, Rustamjon Abduhamidov (Danila Yezhov, 71), Rafael Sabino.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi