Live
4
O'zbek

Superliga. Iyun oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Futbol
2 avgust, 06:50
Besh nafar futbolchi g'oliblik uchun kurash olib boradi.
Superliga. Iyun oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi
Foto: FC Dinamo

O'zbekiston Professional futbol ligasi (O'zPFL) Superliganing iyun oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxatini ma'lum qildi. Unga ko'ra, besh nafar futbolchi ushbu g'oliblik uchun kurash olib boradi.

«Paxtakor» vingeri Bashar Resan ushbu oyda 3 o'yinda maydonga tushgan va 3 marta sheriklarining gollariga assistentlik qilgan.

«Dinamo» hujumchisi Anvar Xojimirzaev 3 bahsda 5 marta raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, «Nasaf» forvardi Bobur Abduxoliqov 3 uchrashuvda 3 ta gol urishga erishgan.

Shuningdek, OKMK vakili Asadbek Sobirjonov 3 o'yinda 3 gol va 1 assist muallifi bo'lgan. «Neftchi» himoyachisi Anvar G'ofurov esa 3 bellashuvda 2 marta o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan.

Avvalroq Superligada iyun oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun 4 nafar nomzod e'lon qilingandi.

Superliga. Iyun oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi
Foto: O'zPFL

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar