"Roma" Germaniyaning "Volfsburg" klubidan gretsiyalik markaziy himoyachi Konstantinos Kulierakisini o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.
22 yoshli futbolchi yangi jamoasi safida 33-raqam ostida to'p tepadi. Qayd etilishicha, transfer qiymati 15 million yevroni tashkil etgan.
Ma'lumot o'rnida, "Volfsburg" o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Germaniya Bundesligasini tark etdi. Jamoa pley-offda "Paderborn" qo'shimcha vaqtlarda 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandi.
Avvalroq rimliklar hujumchi Santyago Kastroning transferini e'lon qilgandi.