Live
1
O'zbek

Kastro – "Roma" futbolchisi

Futbol
30 iyul, 11:35
U 9-raqamli libosni tanladi.
Kastro – "Roma" futbolchisi
Фото: Roma FC

"Roma" klubi hujumchi Santyago Kastroning transferini rasmiy e'lon qildi.

Avvalroq kelishuv summasi 35 million yevroni tashkil etishi va qo'shimcha bonuslar ko'zda tutilgani xabar qilingan edi.

Shuningdek, "Bolonya" futbolchining keyingi qayta sotuvi summasidan 10 foiz ulush oladi.

"Roma" Santyago Tomas Kastroning "Bolonya"dan o'tganini e'lon qilishdan mamnun. Kelishuv to'liq xarid shaklida yakunlandi. 2004 yilda tug'ilgan hujumchi "Bolonya" va "Veles Sarsfild" liboslarini kiygan. Klub safida u 105 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urg'an.

U 9-raqamli libosni tanladi. Rimga xush kelibsan, Santyago!" — deyiladi "Roma"ning rasmiy xabarida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Bolonya Bolonya
Bugungi yangiliklar