«Real» hujumchisi Endrik yangi mavsum oldidan bosh murabbiy Joze Mourinyoning ishonchini qozonishga bel bog‘ladi.
Marca xabariga ko‘ra, 20 yoshli braziliyalik o‘zini jamoada shunchaki uchinchi raqamli markaziy hujumchi emas, balki asosiy tarkib uchun munosib futbolchi ekanini isbotlashni istamoqda.
Madrid klubi yaqinda «Fiorentina»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu bahsda Endrik jamoasining gollaridan biriga mualliflik qilib, o‘z imkoniyatlarini namoyish etdi.
O‘tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida «Lion»da o‘tkazgan braziliyalik forvard endi «Real» safida o‘z o‘rnini mustahkamlashni asosiy maqsad qilib qo‘ygan.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt Endrikning bozor qiymatini 40 million yevroga baholaydi.