«Real» hujumchisi Vinisius Junior yaqin kunlarda klubdagi kelajagini hal qiluvchi uchrashuvlarni o‘tkazadi.
As nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi 2-avgust oqshomida Madridga qaytadi va ertasi kuni bosh murabbiy Joze Mourinyo boshchiligidagi mashg‘ulotlarga qo‘shiladi.
Avvalo Vinisius Mourinyo bilan o‘z kelajagi haqida suhbatlashadi. Shundan so‘ng u klub rahbariyati bilan yangi shartnoma masalasini muhokama qiladi.
Manbaga ko‘ra, Vinisiusning amaldagi shartnomasi 11 oy ichida yakunlanadi. «Real» bitimni uzaytirishni istamoqda, biroq futbolchi tomoni talab qilayotgan moliyaviy shartlarni qabul qilish niyatida emas. Agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, Madrid klubi futbolchini sotish variantini ham istisno qilmayapti.
Shuningdek, «Real»ga «Arsenal» tomonidan rasmiy taklif kelib tushmagani aytilmoqda. Vinisius vakillari ham londonliklar bilan hech qanday kelishuvga erishilganini rad etmoqda.