Live
4
O'zbek

Migel Gutierres — "Bayer" futbolchisi (Romano)

Futbol
2 avgust, 06:20
"Dorishunoslar" futbolchi transferi uchun "Napoli"ga 30 mln yevro to'laydi.
Migel Gutierres — "Bayer" futbolchisi (Romano)
Foto: Getty Images

"Bayer" "Napoli" himoyachisi Migel Gutierresni o'z safiga qo'shib oladi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

"Dorishunoslar" futbolchi transferi uchun neapolliklarga 30 million yevro to'laydi. 25 yoshli chap qanot himoyachisi jamoaning sobiq yetakchisi Alejandro Grimaldoning o'rnini egallashi kutilmoqda. Grimaldo esa avvalroq "Atletiko"ga ko'chib o'tgandi.

Migel "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'tgan yozda "Girona"dan 18 million yevro evaziga "Napoli"ga ko'chib o'tgan.

O'tgan mavsumda ispaniyalik futbolchi "Napoli" safida 36 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 gol urdi va 1 assist amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • Bayer Bayer
Bugungi yangiliklar