Live
7
O'zbek

Lukaku faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

Futbol
2 avgust, 07:15
«Napoli» hujumchisiga «Atlanta United» qiziqish bildirmoqda.
Lukaku faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
Foto: Getty Images

«Atlanta United» «Napoli» hujumchisi Romelu Lukaku ga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, tomonlar shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishish imkoniyatini o'rganish uchun muzokaralarni boshlab yuborgan. Shu bilan birga, kelishuv hali amalga oshishidan ancha uzoq ekani ta'kidlangan.

Qayd etish lozim, Lukaku 2024 yildan buyon «Napoli» safida to'p tepib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.

Avvalroq Lukaku jahon chempionatidagi gollar soni bo'yicha Maradonaga yetib olgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • Atlanta United Atlanta United
Bugungi yangiliklar