Live
4
O'zbek

«Barselona» Ferran Torresni 55 million yevroga baholadi

Futbol
2 avgust, 05:40
Agar hujumchi yangi shartnomani rad etsa, klub transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.
«Barselona» Ferran Torresni 55 million yevroga baholadi
Foto: Getty Images

Ferran Torres yozgi transferlar oynasida «Barselona»ni tark etishi mumkin.

Sport nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchiga yangi shartnoma taklif qiladi, biroq unda maosh oshirilmaydi. Agar ispaniyalik hujumchi bu taklifni rad etsa, klub uning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyor.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» 26 yoshli futbolchi uchun 55 million yevro talab qilmoqda.

Qayd etilishicha, Ferran Torres transferga rozi bo‘lsa, «PSJ» Randal Kolo-Muanining ketishidan so‘ng rasmiy harakatni boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Ferran Torres 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniya terma jamoasining g‘alaba goliga mualliflik qilib, Argentinaga qarshi bahs qahramoniga aylangandi.

Bugungi yangiliklar