Live
4
O'zbek

Superligada iyul oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun 4 nafar nomzod e’lon qilindi

Futbol
2 avgust, 05:36
Qosimov, Ismoilov, Abramov va Berdiyev oy murabbiyi bo'lishga da'vogarlik qilmoqda.
Superligada iyul oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun 4 nafar nomzod e’lon qilindi
Foto: Dinamo FK

O‘zbekiston Professional futbol ligasi (PFL) Superliganing iyul oyidagi eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun nomzodlar ro‘yxatini ma’lum qildi. O‘tgan oy jamoalarini muvaffaqiyatli boshqargan to‘rt nafar mutaxassis ushbu sovrin uchun kurash olib boradi.

Nomzodlar orasidan OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov joy oldi. Uning jamoasi iyul oyida o‘tkazgan 3 uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, 9 ta gol urdi va 4 ta gol o‘tkazib yubordi.

«Neftchi» ustozi Islom Ismoilov ham nomzodlar safidan o‘rin oldi. Farg‘onaliklar oy davomida 3 ta bahsda 2 g‘alaba va 1 durang qayd etib, raqiblar darvozasini 8 bor ishg‘ol qildi hamda o‘z darvozasidan 3 ta gol olib chiqdi.

Shuningdek, «Dinamo» bosh murabbiyi Vadim Abramov iyul oyini 100 foizlik natija bilan yakunladi. Samarqandliklar 3 uchrashuvning barchasida zafar quchib, 7 ta gol urdi va 4 ta gol o‘tkazdi.

Ro‘yxatdan «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ham joy oldi. Qarshiliklar iyul oyida 2 g‘alaba va 1 durang qayd etib, 5 ta gol urdi hamda atigi 2 ta gol o‘tkazib yubordi.

Nomzodlarning iyul oyidagi natijalari:

  • Mirjalol Qosimov (OKMK) — 3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar nisbati 9:4.
  • Islom Ismoilov (Neftchi) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar nisbati 8:3.
  • Vadim Abramov (Dinamo) — 3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar nisbati 7:4.
  • Ro‘ziqul Berdiyev (Nasaf) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar nisbati 5:2.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • ОКМК ОКМК
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
Bugungi yangiliklar