«Manchester Siti» «Chelsi» vingeri Pedru Netuni transfer qilish bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlamoqda.
The Sun xabariga ko‘ra, London klubi 26 yoshli portugaliyalik futbolchini 70 million funt sterling (taxminan 82 million yevro)ga baholamoqda.
Manbaga ko‘ra, «shaharliklar» ushbu transfer uchun «Milan» bilan raqobatlashmoqda. Italiya grandi Rafael Leauning kelajagi noaniq bo‘lgani sababli Netuni uning o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.
«Manchester Siti»ning qiziqishi bosh murabbiy Entso Mareskaning istagi bilan bog‘liq. Italiyalik mutaxassis avvalroq «Chelsi»da ishlagan va o‘sha davrda Pedru Netu bilan birga faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Pedru Netu o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning «Chelsi» bilan shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt futbolchini 60 million yevroga baholaydi.