Live
1
O'zbek

Ferran bilan yangi shartnoma imzolagan taqdirda «Barselona» «Siti»ga 8 mln yevro to‘lab berishga majbur bo‘ladi

Futbol
2 avgust, 04:23
Kataloniyaliklar uchun qo‘shimcha chiqim paydo bo‘ldi.
Ferran bilan yangi shartnoma imzolagan taqdirda «Barselona» «Siti»ga 8 mln yevro to‘lab berishga majbur bo‘ladi
Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchi Ferran Torres bilan shartnomani uzaytirmoqchi bo‘lsa, «Manchester Siti»ga 8 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi. Jurnalist Matteo Morettoning Marca nashriga xabar berishicha, bunday band 2022-yil yanvar oyida futbolchining transferi chog‘ida kataloniyaliklar va «Siti» o‘rtasidagi shartnomada qayd etilgan.

Torresning «ko‘k-anorranglilar» bilan shartnomasi bir yildan so‘ng yakuniga yetadi, «Barselona» esa bir necha oydan beri uni uzaytirish bo‘yicha faollik ko‘rsatmayapti. Hozirda hujumchi klub uchun ustuvor vazifa emasligini anglab turibdi.

Manbaga ko‘ra, Torres keyingi mavsumda shartnomasini uzaytirmasdan «Barselona»da qolishi mumkin, biroq «PSJ»ning qiziqishi vaziyatni o‘zgartirib yuborishi hech gap emas. Parijliklar bilan muzokaralar kelasi hafta o‘tkazilishi kutilmoqda. Ferran Torres Ispaniyani tark etishga tayyor, chunki u o‘zini Kataloniyada yetarlicha baholanmagan deb his qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar