Jurnalist Fabrizio Romano «Barselona»ning hujumchi xarid qilish rejalari haqida fikr bildirdi. Romanoning soʻzlariga koʻra, kataloniyaliklar Xulian Alvares boʻyicha «Atletiko» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
«Meningcha, oxir-oqibat «Barselona» Alvares bilan shartnoma imzolaydi. Hozir ular Xulian bilan bogʻliq vaziyat qanday rivojlanishini kutmoqda, ammo klubning niyati hujumchini sotib olish hisoblanadi.
Uni qoʻlga kiritishga harakat qilishlari aniq. Kelishuvni amalga oshirish yoki oshirmaslik esa «Barselona»dan koʻra koʻproq «Atletiko»ga bogʻliq. Lekin ikki klub oʻrtasidagi muzokaralar hamon davom etmoqda», — deya Romanoning soʻzlarini keltiradi Goal portali.
Avvalroq «Atletiko» «Barselona» ustidan Alvares sabab shikoyat qilgani maʼlum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi