«Barselona» jarohat olgan Frenki de Yongning o‘rnini to‘ldirish uchun «Jirona» va Marokash milliy jamoasi yarimhimoyachisi Azzedin Unaxini transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
El Chiringuito xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga «Barselona»dan tashqari yana bir nechta klublar ham qiziqish bildirmoqda. Biroq Unaxi hozircha kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilmagan.
2026 yilgi Jahon chempionatida marokashlik yarimhimoyachi 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va terma jamoasi bilan chorak finalgacha yetib bordi.
Ma’lumot uchun, Azzedin Unaxi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Jirona» bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt futbolchini 18 million yevroga baholaydi.