«Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi antidoping qoidalarini buzgani uchun qo‘llangan diskvalifikatsiya bekor qilingach, «Chelsi» vingeri Mixailo Mudrikning qaytishi haqida fikr bildirdi.
«U men uchun o‘g‘limdek. U ajoyib yigit, top-darajadagi o‘yinchi. Umid qilamanki, Mudrik so‘nggi ikki mavsumda boshidan o‘tkazganlaridan so‘ng, bu mavsumda o‘zini ko‘rsata oladi. Balki «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda emasdir, lekin u haqiqatan ham zo‘r yigit», — dedi De Zerbi. Uning so‘zlarini jurnalist Piter Rutsler X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.
Italiyalik mutaxassis 2021/22-yilgi mavsumda Mudrik bilan Donetskning «Shaxtyor» klubida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 31-iyul kuni Sport arbitraj sudi (CAS) ukrainalik futbolchining apellyatsiyasini qisman qanoatlantirgani va shundan so‘ng, uning antidoping qoidalarini buzganlik uchun diskvalifikatsiyasi bekor qilingani ma’lum bo‘lgandi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi