Bugun Superliganing 15-turiga start berildi. Markaziy to'qnashuv maqomidagi "Andijon" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi shiddatli bahsda hisob ochilmadi.
Durang natija bilan yakunlangan uchrashuvdan so'ng "Paxtakor" ustozi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.
- O'yinni qiyin bo'lishini bilardik. Yigitlarga tushuntirgandik. Futbolchilar o'z saviyasida o'yin ko'rsatishdi. Butun bahs davomida yaxshi o'yin ko'rsatdik. Gol urdik, hisoblanmadi. G'alaba qozonishga berishmadi, "Andijon" jamoasi emas, bunaqa o'ynash qiyin.
- "Andijon" jamoasi emas, deb aytib o'tdingiz. To'liqroq izoh bera olasizmi?
- O'zlari bilishadi, ko'rganlar ham bilishadi. "Andijon" yaxshi jamoa. Lekin bugun biz ochko yo'qotdik. Bizga har bir ochko juda muhim.
- Matbuot anjumanlarida doimo o'yinchilar to'g'risida to'liq ma'lumot berib kelgansiz. Rustam Turdimurodovni "Andijon"ga o'tishi qanchalik haqiqat?
- Bilmayman, bu haqda eshitmaganman. Bu gap qayerdan chiqdi, bilmayman!
- Qaydnomadan o'rin olishmagan Xojimat Erkinov va Hojiakbar Alijonovda jarohat bormidi?
- Xojimat shu yerda edi, tiklana olmadi. Kichik jarohati bor. Alijonovda ham biroz jarohat bor.
- Qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyatga izoh bera olasizmi?
- Ko'rib chiqishimiz kerak. Ko'rmasdan turib gapira olmaymiz. Ko'rganimizdan keyin aytsa bo'ladi.
- "Paxtakor" chempionlik uchun kurashyapti. Bugungi durang jamoangizni chempionlik yo'lidagi imkoniyatlariga qanchalik ta'sir qiladi?
- Hali chempionatni yarmi oldinda. Oldinda ikkinchi davra turibdi, ko'p o'yinlar bor. Hozir hamma ochko yo'qotyapti. Barcha jamoalar kuchli, engil bo'lmaydi. Baribir biz oxirigacha kurashamiz. Oldimizda maqsadimiz bor. Faqat keyingi o'yinlarni yutishga harakat qilamiz", - deya Tojiyevning so'zlaridan keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Kamoliddin Tojiyev: "O'yinni qiyin bo'lishini bilardik"
Eksklyuziv
1 avgust, 14:39
"Paxtakor" ustozi "Andijon"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Фото: Tribuna.uz
01.08.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
2
Andijon
0
:
0
Paxtakor Toshkent