Live
4
O'zbek

"Andijon" shtabiga tahlilchi murabbiy qo'shildi

Futbol
31 iyul, 09:55
O'zbekistonning turli yoshlardagi jamoalarida ishlagan Pirnazarov "burgutlar" bosh murabbiyiga yordamchilik qiladi.
"Andijon" shtabiga tahlilchi murabbiy qo'shildi
Foto: FC Andijon


"Andijon" klubi murabbiylar shtabi kengaydi.

"Tarkibini yanada shakllantirayotgan jamoamiz murabbiylar shtabini ham boyitib bormoqda.

Jumladan, 40 yoshli tahlilchi murabbiy Sobir Pirnazarov "Andijon" klubida ish boshladi.

Ushbu mutaxassis 1986 yilning 14 mart kuni Toshkentda tavallud topgan. Murabbiylik faoliyati davomida O'zbekiston U-15, U-16, U-17, U-20, U-23 jamoalarida ishlagan. Shuningdek, "Olimpik" va "Qizilqum" klublarida ham tahlilchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Erishgan natijalari:

2022 — Toshkentda o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 2-o'rin.

2023 — Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida 3-o'rin.

2023 — Argentinada o'tkazilgan 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchisi.

2024 — Qatarda o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 2-o'rin.

2024 — Parij Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi.

2025 — 17 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Osiyo chempionati g'olibi, Qatarda bo'lib o'tgan Jahon chempionati ishtirokchisi.


Ushbu mutaxassis ham umid qilamizki, jamoamizning g'alabalariga o'z hissasini qo'shadi", — deb yozadi klub matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar