Live
1
O'zbek

«Bunyodkor» moliyaviy qiyinchiliklar sabab Navoiyga bora olmasligini ma'lum qildi – OʻzPFL

Futbol
30 iyul, 11:53
«Qizilqum» — «Bunyodkor» uchrashuvi uchun mehmonlarga texnik magʻlubiyat yoziladi.
«Bunyodkor» moliyaviy qiyinchiliklar sabab Navoiyga bora olmasligini ma'lum qildi – OʻzPFL
Фото: Бунёдкор ПФК
02.08.2026, 11:30 O‘zbekiston Superligasi Qizilqum Qizilqum - : - Bunyodkor Bunyodkor

Superliga 15-turi doirasida «Bunyodkor» Navoiyda «Qizilqum» mehmoni boʻlishi lozim edi.

Bugun — 30 iyul kuni klub safar oʻyiniga bora olmasligini Ligaga ma'lum qildi.

Xatda «Bunyodkor” klubidagi ogʻir moliyaviy holat mazkur qarorga sabab sifatida koʻrsatilgan. Ya'ni, «Bunyodkor» klubida yoʻl chiptalarini xarid qilish, safar davomida mehmonxonada istiqomat qilish va delegatsiya a'zolarini ovqatlantirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun mablagʻ mavjud emas. Avvalroq, klub bosh murabbiyi va qator futbolchilar jamoa a'zolari bir necha oydan buyon maosh olmayotgani, klub bazasida qator muammolar mavjud ekanligini ma'lum qilgandi.

Superliga reglamentidan kelib chiqib, 15-tur doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan «Qizilqum» — «Bunyodkor» uchrashuvi uchun mehmonlarga texnik magʻlubiyat yoziladi. Shuningdek, mavsum davomida bu kabi holat qayta sodir etilsa, «Bunyodkor» futbol klubini Superliga musobaqasidan chetlashtirish masalasi Liga Ijroiya qoʻmitasi kun tartibiga kiritiladi.

Oʻz navbatida, Liga «Qizilqum» — «Bunyodkor» uchrashuvini oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni toʻxtatadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qizilqum Qizilqum
  • Bunyodkor Bunyodkor
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

120+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar