Superliganing 14-turidan o'rin olgan to'qnashuvlar orasida markaziy bahs maqomidagi vodiy derbisi alohida ahamiyatga ega edi. Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tgan "Neftchi" - "Navbahor" o'yini yuqori darajada o'tdi.
O'yindagi muhit hamda futbolchilarning ishtiyoqi ham har tomonlama derbi maqomiga mos bo'ldi. Namanganliklar futbolchisi Muhammadali Usmonovning 3-daqiqada kiritgan goli yagona holda qolishi va unda "Navbahor"ning qo'li baland kelishiga bir bahiya qolgandi. Biroq bahs yakun topishiga bir daqiqa qolganida farg'onaliklar mag'lubiyatdan qutulib qolishdi.
Muhammadali Usmonov esa Tribuna.uz jurnalistining vodiy derbisi borasidagi savollariga javob qaytardi.
- Muhammadali, vodiy derbisi har tomonlama top darajada o'tdi. O'yindan qanchalik zavq oldingiz?
- O'yinga keladigan bo'lsak, kimlardir kechagi bahsni vodiy derbisi, yana kimlardir yil o'yini bo'ldi, deb aytishyapti. Futbolchilarga ham, muxlislarga ham bunday o'yin albatta zavq beradi. Hissiyotlar yuqori cho'qqiga chiqadi, o'zimizga ham maza bo'ladi. Albatta, uchrashuv qiyin kechdi. Shunga qaramay, maydonda haqiqiy jang bo'ldi. Bunday o'yindan nafaqat men, balki jamoa-doshlarim ham, ishqibozlar ham zavq olishdi.
- O'yinning 3-daqiqasidayoq gol urdingiz. Mana shunday tezkor gol urishingizni o'ylaganmidingiz?
- Ha, 3-daqiqadayoq gol urdim. Qaysi vaziyatda to'p kiritishimni o'ylamagandim. Ammo maydonga gol uraman deb tushgandim. Hudoga shukr, gol urdim.
- Umuman olganda, 1:1 natijasi o'yinga mos bo'ldi, deb o'ylaysizmi?
- 1:1 bo'lgani, ayniqsa, oxirgi soniyalarda gol o'tkazib yuborganimiz alamli edi. Chunki borimizni berdik, jang qildik. Tabiiyki, bir daqiqa qolganida gol o'tkazib yuborganimiz alamli. Nasib ekan. Neytral qaraganda, menimcha mos bo'ldi.
- "Navbahor" 5-6 o'yindan beri g'alaba qozona olmayotganining sababini nima bilan bog'lagan bo'lardingiz?
- Ha, 5-6 ta uchrashuvdan beri vaziyatlardan foydalanishda muammo bo'lyapti. Mashg'ulotlarda buning ustida ishlayapmiz. Kechagi o'yinda bizning nimaga qodirligimizni hamma ko'rdi. Biz hali bundan ham ko'proq narsalarni bajara olamiz. Jamoada-gi har bir futbolchi individual mahoratiga ega yigitlar. Xudo xohlasa, bu yo'g'iga g'alabalar qozonib, muxlislarimizni xursand qilamiz.
- Oxirgi daqiqada alamli gol o'tkazib yubordinglar. O'sha holatni zaxira o'rindig'idan kuzatib turgandingiz. O'shanda qanday kechinmalar o'tdi, sizdan?
- Boshida aytib o'tganimdek, juda alam qildi. Jamoa-doshlarimiz bilan o'tirganimizda g'alaba qozondik, deya uni nishonlashga tayyor turgandik. Mayli, nasibamiz shu ekan. Namangandan kelib bizni qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarimizga rahmat.
- Jamoa endi o'z uyida o'ynashni boshlaydi. Namanganda o'ynash jamoaga bosim beradi, deb o'ylaysizmi?
- Ha, 4 ta o'yinimiz Namanganda bo'lib o'tadi. O'zimizda o'ynash jamoaga hech qanaqa bosim bermaydi. Qaytanga, muxlislar bilan birgalikda yanada kuchli, motivatsiya yuqori bo'ladi va maza qilib futbol o'ynashga yordam beradi.
- Temur Kapadze bilan ishlash jarayonida nimalarni o'rgan-yapsiz?
- Temur Kapadze bilan ishlash jarayonida juda ko'p narsalarni o'rganyapman. Asosan pressing masalasida ko'p o'rgatyapti. Jamoaviy o'yin, nazariy tomonlar, umuman aytganda, ko'p narsalarni o'rgatyapti.
Muhammadali Usmonov: "Bir daqiqa qolganida gol o'tkazib yuborganimiz biz uchun alamli"
Eksklyuziv
29 iyul, 10:58
Usmonov Tribuna.uz jurnalistining vodiy derbisi borasidagisavollariga javob qaytardi.
Фото: Навбаҳор ПФК
28.07.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Neftchi Fargona
1
:
1
Navbahor Namangan