Ozarbayjon poytaxti mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo'yicha U-17 yosh toifasidagi Jahon chempionatinda 30 iyul kungi bahslar ham O'zbekiston jamoasi uchun muvaffaqiyatli kechdi.
-43 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda Muxlisa Masharipova finalda germaniyalik Finya Strauxni mag'lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo'ldi.
🥇 Oltin medal:
-43 kg: Muxlisa Masharipova
Bugun, 31 iyul kuni besh nafar o'zbekistonlik erkin kurashchi saralash bahslarida, qizlardan Sabrina Abduraimova esa bronza medali uchun o'tish bahsida ishtirok etadi.
O'tish bahsi:
-53 kg: Sabrina Abduraimova / Madalina Pavel (Ruminiya) – Valeriya Stancheva (Bolgariya)
Kurash. Muxlisa Masharipova o'smirlar o'rtasida jahon chempionligini qo'lga kiritdi
Boshqa sportlar
31 iyul, 10:54
O'zbekiston vakili finalda germaniyalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi.
Foto: United World Wrestling