Shotlandiyaning Glazgo shahrida «World Boxing» Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
Yig'ilishda Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik, shuningdek, tashkilotning strategik va boshqaruv faoliyatiga oid muhim masalalar muhokama qilindi. Qabul qilingan qarorga ko'ra, Olimpiada yo'llanmalari uchun kechadigan qit'aviy litsenzion musobaqalar quyidagi davlatlarda tashkil etiladi:
Amerika: AQSH
Osiyo: Xitoy
Yevropa: Turkiya (Istanbulda o'tadigan Yevropa o'yinlari doirasida)
Okeaniya: Samoa*
Afrika: Nigeriya*
*Samoa va Nigeriya mezbonligi zarur hujjatlar taqdim etilgach, rasmiy tasdiqlanadi.
Shuningdek, jahon miqyosida o'tadigan ikki litsenzion turnirlar dastlab Italiya, so'ng Vengriyada o'tkazilishi ham ma'lum qilindi.
Boks bo'yicha litsenzion musobaqalarning mezbonlari aniqlandi
Boks
31 iyul, 10:11
Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beradigan turnirlar qayerlarda o'tishi ma'lum.
Foto: World Boxing