"Andijon" klubi yozgi seleksiyada tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida transfer oynasi ochilgandan unumli foydalanib, uch nafar futbolchilar bilan rasmiy kelishuvga erishdi. Bular – darvozabon Artyom Potapov, himoyachi Nodirkhon Ne'matxonov va yarim himoyachi Shohmalik Komilov.
Artyom 2023 yildan beri O'zbekistonda to'p tepib keladi. Bu vaqt davomida "Surxon" va "Xorazm" jamoalarida o'ynagan. Bu mavsumning dastlabki qismida termizliklar safida 2 ta o'yin maydonga tushgan.
Nodirkhon Ne'matxonov "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi. Bunga qadar u "Paxtakor" U21, OKMK U21, "Sho'rtan", "Neftchi" va "Surxon" jamoalarida to'p tepgan. Ne'matxonov mavsumning dastlabki qismida termizliklar tarkibida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Faoliyati davomida 80 ta o'yinda ishtirok etgan.
Shohmalik "Nasaf", "Dinamo", "Turan", "Buxoro", "Merani Martvili" (Gruziya) va "Navbahor" klublarida faoliyat olib borgan. Bu yilgi mavsumning dastlabki qismida namanganliklar safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol muallifi va 1 ta assist qayd etdi. Faoliyati mobaynida 134 ta o'yinda qatnashgan, 17 ta gol urg'an.