Live
1
O'zbek

Shaxmat. Umida Omonova Osiyo chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi

Boshqa sportlar
31 iyul, 11:09
Afruza Hamdamova esa to'rtinchi bo'ldi.
Shaxmat. Umida Omonova Osiyo chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi
Foto: UzChess Federation

28-30 iyul kunlari Honkongda erkaklar va ayollar o'rtasida rapid va blits yo'nalishlari bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

14 davlatdan 178 shaxmatchi ishtirok etgan nufuzli musobaqada O'zbekiston sharafini 3 nafar vakil himoya qildi.

Blits bahslarida Umida Omonova 9,5 ochko jamg'arib, faxrli 3-o'rinni egalladi va Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Shuningdek, yana bir o'zbekistonlik Afruza Hamdamova blits bahslarini 4-o'rinda yakunladi.

Rapid yo'nalishida esa Umida Omonova 7,5 ochko bilan musobaqani 5-o'rinda tugatdi.

Bugungi yangiliklar