Live
5
O'zbek

«Yuventus» Alaybegovich transferini e'lon qildi

Futbol
2 avgust, 12:45
«Zebralar» bosniyalik 21 yoshli futbolchi bilan 2031 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.
«Yuventus» Alaybegovich transferini e'lon qildi
Фото: Juventus

«Yuventus» klubi «Bayer» hujumchisi Kerim Alaybegovich transferini rasman ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, «zebralar» bosniyalik 21 yoshli futbolchi bilan 2031 yilning yoziga qadar bitim imzoladi. Turin klubi futbolchi uchun 33 million yevro to'laydi, bitimda yana 7 mln yevro bonus ko'zda tutilgan.

Ma'lumot uchun, Alaybegovich 2025 yil yozida «Bayer» yoshlar jamoasidan «Zaltsburg»ga ko'chib o'tgan edi. U Avstriya klubi safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan ajralib turdi.

Bosniya milliy jamoasi safida esa 11 ta bellashuvda 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Alaybegovichning ayni vaqtdagi bozor qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar