Live
1
O'zbek

Duglas Luis «Manchester Yunayted»ga o‘tishni istamoqda

Futbol
1 avgust, 05:48
«Yuventus» braziliyalikni Zirkze evaziga almashishi mumkin.
Duglas Luis «Manchester Yunayted»ga o‘tishni istamoqda
Foto: Getty Images

«Yuventus» yarimhimoyachisi Duglas Luis faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishni istamoqda.

Tuttosport xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga vatani klublari ham qiziqish bildirmoqda, biroq u bu variantni ustuvor deb hisoblamayapti.

Manbaga ko‘ra, «Yuventus» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar transferni osonlashtirishi mumkin. Tomonlar Duglas Luisni hujumchi Joshua Zirkze evaziga almashish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, Duglas Luis o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt futbolchini 18 million yevroga baholaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Yuventus Yuventus
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar