«Manchester Yunayted» hujumchisi Benyamin Sheshko kun kelib «Bavariya»da Garri Keynning vorisi bo‘lishi mumkin.
Myunhenliklar 23 yoshli futbolchini ingliz to‘purarining uzoq muddatli o‘rinbosari sifatida ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda jurnalist Kristian Falk. «Bavariya» sloveniyalik futbolchiga 2024-yildayoq e’tibor qaratgan edi - o‘shandan beri u Germaniyaning eng nufuzli klubi diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.
«Manchester Yunayted» Benyamin Sheshkoni o‘tgan yilning yozida «Leypsig»dan 76,5 million yevroga sotib olgan edi. Angliyadagi debyut mavsumida hujumchi «qizil iblislar» safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 12 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.