"Barselona" yarimhimoyachisi Mark Kasado bir nechta klublarning takliflarini rad etdi. Bu haqda Barca Universal nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik 22 yoshli futbolchi Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga o'tishni istamagan. Shuningdek, u Turkiya chempionati vakillarining taklifini ham qabul qilmagan.
Agar xavbek "Barselona"dan ketishga qaror qilsa, faoliyatini Evropaning top chempionatlaridan birida davom ettirishni maqsad qilgan.
"Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Hansi Flik futbolchiga kelasi mavsumda muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishi qiyin bo'lishini ma'lum qilgan. Shu sababli yarim himoyachi avgust oyi oxiriga qadar o'z kelajagi borasida qaror qabul qilishi kerak bo'ladi.