Bu haqda Germaniyaning «Sky Sport» nashri xabar berdi.
«Leypsig»ning uzoq yillik darvozaboni Peter Gulachi «Vilyarreal»ga o‘tishga yaqin. Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoalar tajribali darvozabon transferi borasida kelishuvga ham erishib ulgurgan. Shu sababli nemis klubi uning o‘rniga tajribali darvozabon izlamoqda.

Nomzod esa 35 yoshli Orian Nyuland. Norvegiyalik futbolchi o‘tgan mavsum yakunida «Sevilya» bilan shartnomasini tugatgan va hozir erkin agent hisoblanadi. U «Leypsig» bilan 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan 2 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Nyuland avval «Ingolstadt», «Aston Villa» va «Sevilya» kabi klublarda to‘p tepgan. U 2022/23-yilgi mavsumda ham aynan «Leypsig» safida o‘ynagan. Demak, transfer amalga oshsa, darvozabon uch yildan so‘ng sobiq klubiga qaytadi.
Nyuland uchun eng yorqin voqealardan biri esa 2026-yilgi Jahon chempionati bo‘ldi. U Norvegiya milliy jamoasining asosiy darvozaboni sifatida ilk bor mundialda qatnashdi va pley-off bosqichida Braziliya hujumchisi Bruno Gimarayeshning penalti zarbasini ham qaytarishga erishdi.

Norvegiya tarixida ilk bor JCh chorak finaliga chiqishida Nyulandning seyvlarining ham hissasi katta bo‘ldi.
Endi tajribali darvozabon yana «Leypsig» darvozasini qo‘riqlashi mumkin.