Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar berdi.
«Leypsig» vinger Yan Diomandening Madridning «Real» klubiga transferini rasmiylashtirishga shoshilmayapti, lekin bu amalga oshirlishi kerak. Hozirgi vaqtda vinger ehtimoliy jarohatlardan qochish uchun individual tarzda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, Diomande «Leypsig»ning Avstriyadagi mavsumoldi yig‘iniga bormaslikni mo‘ljallagan. Tayyorgarlikning bu qismi 2-avgust kuni start olishi belgilab qo‘yilgan. Futbolchi imkon qadar tezroq Madridga uchmoqchi.
Avvalroq, «buqalar» Diomande transferi uchun kafolatlangan 120 mln va bonuslar evazina 135 mln yevroga yetib boradigan mablag‘ xohlayotgani haqida xabar paydo bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Diomande 2025-yildan buyon «Leypsig» sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025/2026-yilgi mavsumda u 36 ta o‘yinda 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Transfermarkt portali Yanning aktual transfer narxini 90 mln yevroga baholamoqda. Futbolchining nemis klubi bilan yana 4-yillik shartnomasi bor. Ortda qolgan mundialda Diomande 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va hisobiga 1 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi