Live
1
O'zbek

Temur Kapadze: "Tayyorgarlik boʻyicha rejalarmiz oʻxshadi"

Eksklyuziv
2 avgust, 15:26
"Navbahor" ustozi "Xorazm"ga qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
Temur Kapadze: "Tayyorgarlik boʻyicha rejalarmiz oʻxshadi"
Фото: Getty Images

"Navbahor" klubi oʻz uyiga qaytishini yirik hisobdagi gʻalaba bilan nishonladi. 15-turda Namanganda "Xorazm" jamoasiga qarshi boʻlib oʻtgan bellashuvda maydon egalari 5:1 hisobida gʻalaba qozonib, muxlislarni quvontira oldi. "Navbahor" ustozi Temur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Birinchi navbatda butun jamoani, Namangan ahlini chiroyli gʻalaba bilan tabriklayman. Uyda oʻynashni uzoq kutdik. Koʻrganingizdek, boshqacha muhit, boshqacha qoʻllab-quvvatlov, bunaqa joyda, muxlislar oldida oʻynash yoqimli. Yaxshi tayyorgarlik koʻrdik, chiroyli oʻyin va gʻalaba bilan muxlislarni xursand qildik. Oʻzimizni ham tayyorgarlik boʻyicha rejalarmiz oʻxshadi. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik koʻramiz.

- Jahon chempionatidan oldin "Navbahor" boshqacha edi. Jahon chempionatidan keyin jamoa mazmunliroq oʻyin koʻrsatyapti. Yigitlar bugun ham 90 daqiqa yugurishdi. Mundialdan keyin jamoa 4 ta oʻyin oʻtkazdi va barchasida gol oʻtkazyapti...

- Ishlanyapti, albatta xatolar ustida tahlil qilyapmiz. Yigitlarga tushuntiryapmiz. Himoyachilar ham dadilroq oʻynashlari kerak. Baribir oldini qarasak, boshlanishi boshqa joydan boshlanadi. Boʻlib turadi. Birinchi taymda raqibga koʻproq imkoniyat berdik. Yana-da yaxshiroq oʻynashimiz kerak edi. Buning ustida ishlayapmiz, oʻylaymanki, yaxshi boʻlishi kerak», - deya bosh murabbiyning soʻzlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Bugungi yangiliklar