"Inter" klubi vinger Mussa Diabini o'z safiga qo'shib olish ustida ishlashda davom etmoqda. Bu haqda Goal nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "neradzurri" Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubiga yangi taklif bilan chiqqan. Italiya klubi futbolchini to'liq transfer qilish rejasidan voz kechgan. Endi "Inter" fransiyalik 27 yoshli vingerni bir mavsumga 28 million yevro evaziga ijaraga olishni taklif qilmoqda.
Avvalroq milanliklar Diabining doimiy transferi uchun qariyb 40 million yevro to'lashga tayyor edi. Biroq "Al Ittihod" rahbariyati futbolchini sotish masalasida hali yakuniy qaror qabul qilmagan.
Mussa o'tgan mavsum Jidda klubi safida barcha turnirlarda 43 ta uchrashuv o'tkazib, 6 ta gol va 15 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.