Live
1
O'zbek

"PSJ" Suzuki bo‘yicha "Parma"ga 33 mln yevro taklif qildi

Futbol
2 avgust, 16:57
Italiya klubi Suzukini qo‘yib yuborishga tayyor.
"PSJ" Suzuki bo‘yicha "Parma"ga 33 mln yevro taklif qildi
Фото: Getty Images

"PSJ" klubi "Parma" darvozaboni Zion Suzuki transferi bo‘yicha rasmiy so‘rov yubordi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, parijliklar yaponiyalik kiper uchun 33 million yevro to‘lashga tayyor. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Italiya klubi Suzukini qo‘yib yuborishga tayyor. "PSJ"ning ushbu taklifini qabul qilishi kutilmoqda.

Avvalroq "Yuventus" ham Zion bo‘yicha muzokaralarni davom ettirayotgandi. Biroq rasmiy taklif yuborilmagandi.

Ma'lumot uchun, o‘tgan mavsumda Suzuki barcha musobaqalarni inobatga olganda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol o‘tkazib yubordi va 6 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Parma Parma
Bugungi yangiliklar