Live
1
O'zbek

Futzal. Aleksandr Petrov "Xorazm" bosh murabbiyiga aylandi

Boshqa sportlar
2 avgust, 16:41
Urganch klubi Jizzax shahrida tayyorgarlik ko'rmoqda.
Futzal. Aleksandr Petrov "Xorazm" bosh murabbiyiga aylandi
Фото: ОКМК

"Xorazm" futzal klubi Oliy liganing yangi mavsumiga Jizzax shahrida tayyorgarlik ko'rmoqda.

Klub bosh murabbiy sifatida Aleksandr Petrovni tayinladi. U 12 yil davomida OKMK klubini boshqarib kelgan. O'tgan mavsum yakuniga yetganidan so'ng "konchilar" bilan xayrlashgandi.

Urganchliklar yangi mavsum oldidan tarkibni ham jiddiy ravishda kuchaytirishga bel bog'lagan va hozirda tajribali futzalchilar bilan muzokara o'tkazmoqda.

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha Oliy liganing yangi mavsumi sentabr oyida start oladi.

Bugungi yangiliklar