Live
1
O'zbek

Diomandning "Real"ga transferi agentlar mojarosi sabab kechikmoqda

Futbol
2 avgust, 16:33
Yan 2025 yildan buyon "buqalar" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Diomandning "Real"ga transferi agentlar mojarosi sabab kechikmoqda
Фото: Getty Images

"Leypsig" vingeri Yan Diomandning "Real"ga o'tishi haligacha rasman e'lon qilinmagan. Bunga futbolchining vakillari bilan bog'liq murakkab vaziyat sabab bo'lgan. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, avvalroq Diomand manfaatlarini himoya qilgan agent Maks Gradel futbolchini amaldagi shartnomani buzganlikda ayblagan.

Qayd etilishicha, "Real" ushbu transfer ustida Roc Nation agentligi bilan hamkorlikda ishlamoqda. Madridliklar futbolchining agentlari bilan bog'liq muammolardan bexabar bo'lgan.

Xabar qilinishicha, Gradel FIFA’ga rasmiy shikoyat yo'llagan. Shu sababli transferga oid qaror turlicha bo'lishi mumkin: bitim tasdiqlanishi, ma'lum muddatga kechiktirilishi yoki butunlay bekor qilinishi ehtimoli bor.

Yan 2025 yildan buyon "buqalar" sharafini himoya qilib kelmoqda. O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Leypsig Leypsig
Bugungi yangiliklar