"Napoli" yarimhimoyachi Kevin de Bryuyne faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, belgiyalik 35 yoshli futbolchiga "Inter Mayami" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Florida klubi ilgari ham Kevin bo'yicha muzokara o'tkazgan. Biroq kelishuv amalga oshmagandi. Endilikda jamoa uni o'z safiga qo'shib olish uchun jiddiy kirishgan.
Avvalroq "Galatasaroy" ham De Bryuyne'ni o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligi xabar qilingandi.
Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining transfer qiymatini 8 million yevroga baholanmoqda.