Argentina milliy jamoasi va «Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi ketma-ket ikkinchi bor MLS'da yulduzlar o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu safar forvard diskvalifikatsiyadan qutulib qoldi.
«2026 yildagi MLS mavsumi boshlanishidan oldin liga va MLS futbolchilari uyushmasi Jahon chempionatidan qaytgan o‘yinchilarning dam olish hamda mashg‘ulotlarga qaytish rejasini belgilash maqsadida klublarning har bir futbolchi bilan alohida suhbat o‘tkazishi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Ushbu kelishuvga muvofiq, Lionel Messi va Rodrigo De Paul 2026 yildagi MLS yulduzlar o‘yinida ishtirok etishdan ozod etildi», — deyiladi tashkilot bayonotida.
Messi va De Paul 2026 yil 19 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati finalida Ispaniyaga (0:1) qarshi bahsda Argentina safida maydonga tushgandi.
Eslatib o‘tamiz, Messi 2025 yilda ham MLS yulduzlar o‘yinini o‘tkazib yuborgan va shu sababli liga tomonidan bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi.
Rasman: MLSda yulduzlar o‘yinini o‘tkazib yuboradigan Messi diskvalifikatsiyadan qutulib qoldi
Futbol
27 iyul, 06:03
Argentinalik hujumchi o‘tgan yili ham yulduzlar o‘yinida qatnashmagan va unda diskvalifikatsiyaga uchragandi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi