Bugun
4
O'zbek

JCH-2026 finalini boshqargan Vinchich hakamlik faoliyatini yakunladi

Futbol
27 iyul, 01:45
Avvalroq IFFHS uni 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi hakami deb topgandi.
JCH-2026 finalini boshqargan Vinchich hakamlik faoliyatini yakunladi
Foto: Getty Images

2026 yilgi jahon chempionati finalining bosh hakami bo'lgan sloveniyalik Slavko Vinchich hakamlik faoliyatini yakunladi. Bu haqda Sloveniya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.

Vinchich faoliyatini 2026 yilgi jahon chempionati tugaganidan bir hafta o'tib yakunladi. Musobaqa finalida Ispaniya milliy jamoasi qo'shimcha bo'limlarda Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etgandi.

Qayd etish lozim, Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) uni 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi hakami deb topdi. Shuningdek, Italiyada unga jahon va Yevropa chempionatlarining hal qiluvchi bosqichlarida eng yaxshi hakamga topshiriladigan nufuzli «Julio Kampanati» mukofoti ham berildi.

Ma'lumot o'rnida, 46 yoshli Vinchich 2026 yilgi jahon chempionatida 4 ta uchrashuvni bosh hakam sifatida boshqardi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar