"Beshiktosh" bugun, 27 iyul kuni Muhammad Saloh transferini rasmiy e'lon qilishi mumkin. Bu haqda turkiyalik jurnalist Atakan Kurt xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, klub misrlik futbolchining familiyasi tushirilgan liboslarni allaqachon tayyorlab qo'ygan. Shuningdek, transfer uchun zarur bo'lgan barcha tashkiliy ishlar yakunlangan.
Transfer e'lon qilingach, Salohni aeroportda tantanali kutib olish va keyin "Beshiktosh" stadionida shartnoma imzolash marosimini o'tkazish rejalashtirilgan.
Avvalroq Muhammad kelajagi bilan bog'liq masalani Misr mundialdagi ishtirokini yakunlaganidan keyin hal qilishi ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi