Bugun
4
O'zbek

"Real" Mastantuononi "Benfika"ga ijaraga berishi mumkin

Futbol
26 iyul, 23:15
Frankoning "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.
"Real" Mastantuononi "Benfika"ga ijaraga berishi mumkin
Foto: Getty Images

"Real" futbolchi Franko Mastantuononi ijaraga berish rejasidan voz kechgani yo'q. Bu haqda Radio Marca xabar berdi.

18 yoshli argentinalik vingerga hozirda "Benfika" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Aynan Portugaliya klubi uning ehtimoliy yangi manzili hisoblanmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Franko ushbu mavsum madridliklar safida 30 ta o'yinda ishtirok etib, 3 gol va 1 assistga mualliflik qildi. Uning "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.

Avvalroq "Real"da Mastantuono uchun joy topilmayotgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar