Bugun
4
O'zbek

«Real»da Mastantuono uchun joy topilmayapti

Futbol
2 may, 01:40
Futbolchini ijaraga berish varianti tobora oydinlashib bormoqda.
«Real»da Mastantuono uchun joy topilmayapti
Foto: Getty Images

«Real» vingeri Franko Mastantuono yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Diario AS xabar berdi.

O‘tgan yozda «qaymoqranglilar» iqtidorli argentinalikni «River Pleyt»dan shoshilinch tarzda sotib olgandi. Chunki uni «PSJ» olib ketishidan xavotir bor edi.

Hozir esa «Real»da Mastantuono uchun asosiy tarkibda joy topish qiyin ekani aytilmoqda. 18 yoshli futbolchini ijaraga berish varianti tobora oydinlashib bormoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Franko ushbu mavsum madridliklar safida 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 gol va 1 assistga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.

Avvalroq «Chelsi» «Real»ga Mastantuono bo‘yicha taklif yuborgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar