London klubi "Real"ga iqtidorli vinger Franko Mastantuononi ijaraga olish boʻyicha taklif yubordi.
"Aristokratlar" oʻz vaqtida Mastantuononi sotib olish uchun nomzod klublardan biri boʻlgan, lekin yakunda futbolchi Ispaniya poytaxtiga koʻchib oʻtishga qaror qilgandi.
"River Pleyt"ning sobiq futbolchisi Ispaniyada kam oʻyin amaliyotiga ega boʻlmoqda. 18 yoshli Franko La Liganing bor-yoʻgʻi 7 uchrashuvida maydonga tushirildi. Ispan nashri Fichajes xabar berishicha, "Chelsi" vaziyatdan foydalanib qolmoqchi va "Real"ga futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olish taklifi bilan murojaat qilgan.
TeamTalk nashri esa La Liga vakili futbolchini Angliyaga qoʻyib yubormasligi, chunki Madriddagilar Mastantuononi jamoaning muhim futbolchisi boʻlishiga ishonishini taʼkidlamoqda.