Niderlandiyalik hujumchi Memfis Depay Braziliyaning "Korintians" klubi bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 32 yoshli hujumchining "Korintians" bilan yangi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Bungacha Depay klubsiz qolishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Ma'lumot o'rnida, "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Braziliya klubiga 2024 yilda qo'shilgandi. Shundan beri Depay jamoa safida barcha musobaqalarda 78 ta uchrashuvda ishtirok etib, 20 ta gol urdi va 15 ta assist amalga oshirdi.
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, niderlandiyalik hujumchining narxi 7 million yevroni tashkil etadi.