Bugun
4
O'zbek

Niderlandiya milliy jamoasi rekordchisi klubsiz qolishi mumkin

Futbol
10 yanvar, 05:00
Kutilmaganda, «Korintians» hujumchisi Memfis Depay Braziliya Kubogidagi g'alabadan keyin klubdan ketishi mumkin.
Niderlandiya milliy jamoasi rekordchisi klubsiz qolishi mumkin
Foto: Getty Images

Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, Depayning «Korintians» bilan shartnomasi iyulda yakuniga yetadi, ammo klub hali ham kelishuvni uzaytirish borasida taklif bildirmagan.

«Eng ma'qul pallada biz Depayga taklif bilan murojaat qilamiz», – dedi «Korintians» direktori Marselo Paz. Hozircha esa Memfisning «eshigi» faoliyatini davom ettirish bo'yicha tushadigan takliflarga ochiq».

Memfis o'tgan mavsumda Braziliya chempionatining 23 o'yinda 6 ta gol urdi va 3 bor sheriklariga golli uzatma yetkazib berdi.

Eslatib o'tamiz, 31 yoshli Depay 55 ta gol bilan Niderlandiya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi.

Bugungi yangiliklar